Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odamning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi mahsulotlar

Odamning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi mahsulotlar

Foto: «Beachesrecovery.com»

Rossiyalik endokrinolog Yekaterina Troshina odamda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik hissini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan dofamin yetishmovchiligiga qarshi kurashishda yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shifokor ba’zi gormonlar miqdori kamayib ketganda odamlar o‘zlarini baxtsiz his qilishi va yetarli darajada sevimli bo‘lmasliklari sababini tushuntirib berdi. Masalan, dofamin muloqotdan zavqlanish tuyg‘usini chaqiradi, e’tiboringizni muayyan bir odamga qaratadi va unga nisbatan emotsional iliqlik uyg‘otadi. Ushbu modda yetishmaganda esa odamda o‘ziga nisbatan ishonch hissi yo‘qoladi va uglevodlarni iste’mol qilish xohishi paydo bo‘ladi.

Gormonlar, xususan, dofamin, serotonin, oksitotsin sevgi, baxt va hissiyotlarning biologik tarkibiy qismlari uchun javobgar. Biroq ulardan birining kamayishi odam o‘zini yetarli darajada sevilmasligiga, baxtsiz his qilishiga olib kelishi mumkin.

Dofamin yetishmasligining oldini olish uchun mutaxassis avokado va baliq iste’mol qilishni maslahat beradi.

«Pishloq, shokolad, anjir, xurmo, pomidor, sut kayfiyatni ko‘taradi. Negaki, ularning tarkibida serotonin vazifadoshi — triptofan bor, — deya tushuntirdi u. — Bundan tashqari, sitruslar, banan, qulupnay, ananas, smorodinani «baxt mahsulotlari» deb atash mumkin.

Oksitotsin miqdorini oshirish uchun esa shunchaki quchoqlashish kifoya, deydi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring