Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haqiqiy va sun’iy tuxumni qanday farqlash mumkin?

Haqiqiy va sun’iy tuxumni qanday farqlash mumkin?

Foto: «Youtube.com»

Xitoy sun’iy tuxumni ishlab chiqara boshlagach, u yerda juda ko‘p zaharlanish holatlari qayd etildi.

Sun’iy tuxum nimadan iborat?

«Rambler»ning yozishicha, sun’iy tuxumni yasash unchalik qiyin emas. Buning uchun ishlab chiqaruvchi bir nechta elementlarni aralashtiradi: kalsiy, gips va parafin. Shu tariqa tuxum po‘chog‘i hosil bo‘ladi. Tuxum oqi bilan sarig‘i esa jelatin, kaliy alginat, kaliy alyuminiy achchiqtoshi, kalsiy xlorid va bo‘yoqlardan tayyorlanadi. Yasama tuxumning foydali elementlari bo‘lmaydi. Aksincha, u zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

Qanday ajratish mumkin?

Tuxumning haqiqiy yoki sun’iy ekanligini aniqlash uchun, eng  avvalo, tuxum po‘chog‘iga e’tibor bering: tabiiy tuxum silliq va jilosiz, yasama tuxum esa  g‘adir-budir va yaltiroq bo‘ladi. Farqlari orasida yana havo membranasini ajratish mumkin. Bu plyonka tabiiy tuxum po‘chog‘i ostida bo‘ladi, sun’iy tuxumda esa bo‘lmaydi. Agar sun’iy tuxumni qaynatsangiz, u rezinkaga o‘xshab cho‘ziladi. Tabiiy tuxum esa bunday bosimga dosh berolmay yorilib ketadi. Yana tuxumni xomligida tekshirib ko‘rish mumkin. Sun’iy tuxumning oqi bilan sarig‘i oson aralashadi. Chunki ular bir xil materialdan tayyorlangan, faqat bo‘yog‘i har xil bo‘ladi, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring