Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erta qaritadigan mahsulotlar e’lon qilindi

Erta qaritadigan mahsulotlar e’lon qilindi

Ispaniyalik shifokor-parhezshunos Yelena de la Fuente Idalgo erta qarimaslik sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qarish bilan kurashish haqida gap ketganda, biz odatda jismoniy mashqlar zarurligiga ko‘proq e’tibor berib, eng muhimi – sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni unutamiz. Birgalikda ular tanamizning barcha hujayralari qarishini sekinlashtiradi», — degan u «La Vanguardia» nashriga bergan intervyusida.

Idalgo ovqatlanish ratsioniga mavsumiy mevalar va sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar, yong‘oqlar, donli mahsulotlar, yogurt hamda qatiqni kiritishni tavsiya qilgan.

Bundan tashqari, alkogol ichimliklardan voz kechish zarurligini ham aytib o‘tgan. Olimlarning fikriga ko‘ra bu ichimlik, DNKni zarardan himoya qiladigan xromosomalarning terminal bo‘limlari — telomerlarning qisqarishiga olib keladi. Har bir hujayra bo‘linishi bilan ular qisqaradi va uzunligi yetarli bo‘lmaganda nobud bo‘ladi.

Shiforkor insonni qaritadigan mahsulotlar bu - qovurilgan kartoshka va katta miqdordagi transyog‘lardan iborat margarin, shuningdek shakar va tuz ekanligini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring