Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspertlar qaynamagan suvga damlangan choy xavfidan ogohlantirishdi

Ekspertlar qaynamagan suvga damlangan choy xavfidan ogohlantirishdi

Foto: «Youtube.com»

Choy tarkibida bakteriyalar, hatto, zamburug‘lar bo‘lishi mumkin. Ularni esa faqat qaynoq suv bartaraf etadi.

Qaynamagan suvga damlangan choy sog‘lik uchun xavfli bo‘lishi mumkin, deb yozadi «Focus Online» nashri Germaniyada xavf-xatarni baholash federal instituti chop etgan ma’lumotlarga tayanib.

Nashrning ta’kidlashicha, iliq suv (26 — 30 daraja) choyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli mikroblarni o‘ldirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Gazetaning yozishicha, choy tarkibida mog‘or, zamburug‘ yoki bakteriyalar, hatto, salmonella ham bo‘lishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, odam o‘zini ehtiyot qilishi uchun choyni faqat qaynoq suv bilan damlashi zarur.

Shuningdek, choyni soatlab dam yedirish tavsiya etilmaydi. Choyni damlagandan so‘ng ichsa bo‘ladigan eng maqbul vaqt — besh daqiqa.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring