Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Besh kunda $66 million topgan startapchilar taqdimot tayyorlashdagi eng katta xatoni ko‘rsatishdi

Besh kunda $66 million topgan startapchilar taqdimot tayyorlashdagi eng katta xatoni ko‘rsatishdi

Foto: «Pixabay.com»

Startap uchun qo‘shimcha sarmoya jalb etish shunchaki uddaburonlik va omad mahsuli emas. Qanchalik bachkana tuyulmasin, buning ortida juda og‘ir mehnat yotganini aytib o‘tish lozim.

«Business Insider» yozishicha, startap asoschilaridan biri va bosh direktori — 28 yoshli Matilda Kollin va uning jamoasi 5 kun ichida 66 million dollar va 10 ta investitsion taklif olishga erishdi.

Foto: «Pixabay.com»

Albatta, bu yutuqqa u yolg‘iz erishgani yo‘q, tahliliy guruh rahbari Siril Gantser uning uchun sarmoyadorlar bilan muloqotda qo‘l kelgan vositalarni tayyorlashda ko‘maklashdi. Eslatib o‘tamiz, Gantser o‘z vaqtida taqdimotlar tayyorlashda nom qozongan. Demak, Gantserdan «master-klass».

Birinchi katta xato

Gantserning aytishicha, ko‘plar taqdimot tayyorlashda auditoriyaga juda katta hajmda axborot berishga harakat qiladi. Bu ularning hali ham qog‘ozdan (hujjatdan) chiqib ketma olmaganini anglatadi. Qog‘oz va taqdimotning asosiy farqi shuki, qog‘oz hujjat o‘z holicha dunyo bo‘ylab aylanib yura oladigan va yashaydigan manba. Unda foydalanuvchi tushunishi uchun nima kerak bo‘lsa shu bor. Taqdimotda esa bitta slaydda bittadan ortiq axborot bo‘lmasligi kerak. Ekrandagi nima ekanini o‘qib, anglash uchun bor-yo‘g‘i uch soniya ketadi. Qisqa slaydlar butun mas’uliyatni ma’ruzachiga yuklaydi. Qisqa slaydlar auditoriya fikrini kerakli o‘zanga burish uchun juda kerak.

Foto: «Pixabay.com»

Yuqoridagi startapga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unga asos solish tarixi, rivojlanish muammolari va istiqbollari slaydlarda ko‘rsatib berildi. Bular shunchalik ixchamlashtirilgandiki, tinglovchilar bor diqqatini ekranga emas, ma’ruzachiga qaratishdi. Gantserning ta’kidlashicha, slaydlar soni chegaralanmasligi kerak. «Roman»ni siqib o‘nta slaydga joylagandan, ulkan axborotni juda ko‘plab kichik slaydlarga bo‘lib tashlagan ma’qul.

Agarda siz slaydlar sonini optimallashtirishni istasangiz, har bir slayd uchun uch daqiqa sarflash kerakligini yodda tuting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring