Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangibozor tumanining yangi hokimi muammolarni o‘rgandi

Yangibozor tumanining yangi hokimi muammolarni o‘rgandi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanining yangi hokimi O‘ktam Masharipov joylardagi mavjud  muammolarni o‘rgandi.

“Hokim va yoshlar” mavzusidagi ochiq muloqotda tumandagi 10-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi S.Shomurotova internat kutubxonasidagi badiiy kitoblarning kamligi to‘g‘risida bildirgan edi. Tuman hokimi birinchi navbatda maktab-internatga tashrif buyurib, 400 ming so‘m miqdoridagi badiiy kitobalrni maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi. O‘quvchilar bilan uchrashdi. Muammo va kamchiliklarni o‘rgandi. Internat uchun yangi  kompyuter jamlanmalari, maxsus fanlar uchun labarotoriya jihozlari keltirilishi to‘g‘risida kerakli choralarni ko‘rish kerakligi to‘g‘risida topshiriqlar berdi.  

Shundan keyin O‘ktam Masharipov tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘l oldi. Birlashmadagi bo‘limlar ahvoli bilan tanishdi. Yuqumli kasalliklar bo‘limidagi oshxonani ta’mirlash, kerakli jihozlar bilan ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqdi.

Kunning ikkinchi yarmida tuman hokimi 7-son MTMning ochilish marosimida ishtirok qildi. 7-son MTM 140 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, “Sayot quruvchi binokor” xususiy korxonasi tomonidan 857 million so‘m mablag‘ evaziga kapital ta’mirlandi. Tadbir davomida tuman hokimi quruvchi tashkilot rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va olib borilgan ishlar bilan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring