Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«The Diplomat» muharriri inson huquqlari bo‘yicha xorijiy veb-resurslarga cheklov o‘rnatilganini bildirdi. AOKA buni rad etdi

«The Diplomat» muharriri inson huquqlari bo‘yicha xorijiy veb-resurslarga cheklov o‘rnatilganini bildirdi. AOKA buni rad etdi

«The Diplomat» xalqaro internet jurnali muharriri Keti Puts (Katie Putz) «Tvitter»dagi sahifasida inson huquqlari bo‘yicha xorijiy veb-resurslariga kira olmayotgani haqida yozib qoldirgan. «Human Rights Watch» tashkiloti sobiq vakili, inson huquqlari bo‘yicha advokat va Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Stiv Sverdlov esa unga javoban inson huquqlari bo‘yicha tanqidiy veb resurslarga (@ahrca, @IPHR, @UGFHumanRights, @nhc_no) O‘zbekistonda kirish imkoniyati cheklanganini bildirgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ushbu holat yuzasidan Agentlik mutaxassislari o‘rganish olib bordi va yuqorida tilga olingan veb-resurslarga kirishga cheklovlar mavjud emasligi aniqlandi.

O‘zbekistonda xorijiy yangiliklar saytlari hamda inson huquqlari bo‘yicha veb-resurslarga bo‘lgan cheklovlar allaqachon bartaraf etilgan. O‘zbekistonning axborot siyosati cheklov va taqiqlarga emas, balki ochiqlikni ta’minlashga qaratilganini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman», — deb yozadi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari Hikmatilla Ubaydullayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring