Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTB Toshkent shahri va viloyatida 13 ta maktab qurilishiga mablag‘ ajratdi (ro‘yxat)

OTB Toshkent shahri va viloyatida 13 ta maktab qurilishiga mablag‘ ajratdi (ro‘yxat)

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2023-2024 yillarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari tashkil etiladi.

25-may kuni imzolangan Prezident qarori bilan maktablar qurish uchun Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 67,55 gektar, shundan 66,98 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punkti toifasiga o‘tkaziladi.

Jumladan:

  • Yangihayot tumani Xushnud mahalasidan;
  • Zangiota tumani «Namuna» MFY hududidan;
  • Zangiota tumani «Bo‘ston» MFY hududidan;
  • Zangiota tumani Erkin massividan;
  • Zangiota tumani Nazarbek massividan;
  • Zangiota tumani Ulug‘bek massividan;
  • O‘rtachirchiq tumani Oxunboboyev massividan;
  • O‘rtachirchiq tumani Oxunboboyev massivi 460 konturidan;
  • Qibray tumani Toshkent davlat agrar universitetiga tegishli hududdan;
  • Qibray tumani Do‘rmon massividan;
  • Qibray tumani Ulug‘bek massividan;
  • Toshkent tumani O‘rmon va manzara ilmiy ishlab chiqarish institutiga tegishli hududdan;
  • Toshkent tumani Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti hududidan tegishli tartibda yerlar ajratiladi.

2024-yil 1-iyunga qadar toifasi o‘zgarayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yengi yerlar o‘zlashtiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun qaytarib berish sharti bilan 1,1 million AQSh dollari miqdorida mablag‘lar ajratiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring