Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabga borish uchun seldan o‘tayotgan dehqonobodlik o‘quvchilarining surati tarqaldi

Maktabga borish uchun seldan o‘tayotgan dehqonobodlik o‘quvchilarining surati tarqaldi

«Telegram»dagi «Qo‘shni mahalla» kanalida maktabga borish uchun seldan o‘tishga majbur o‘quvchilar aks etgan surat e’lon qilindi.

«Yuqorida hukmingizga havola etilgan surat — notinch davlatlarda yoki qadim zamonlarda emas, Siz va biz yashab turgan bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Shamolikam qishlog‘ida olingan.

Suratdagi etik kiygan kishi — maktab o‘qituvchisi. U o‘quvchilarni maktabga (yo uyiga) yetib olishi uchun birma-bir daryodan o‘tkazmoqda...

Kazo-kazolar, vazirlar va amaldorlarning bolalari elita maktablarda, hamma sharoit muhayyo etilgan xonalarda o‘qiyotgan bir paytda bu qishloq o‘quvchilari maktabga kelib-ketish uchun har kuni daryoni kesib o‘tishga, har kuni suv va sel kechishga majbur.

Maktab o‘qituvchilarining aytishicha, bahor, kuz va qish oylarining har kuni shunday o‘tadi.

Yomg‘ir yoqqan kun borki, daryoga sel keladi. Sel kelsa bolalar qirg‘oqning yo u yo bu tomonida qoladi. Maktabga kelgan o‘quvchi seldan o‘tolmay maktabda qolib ketadigan holatlar ham uchrab turarkan...

Ko‘prikni suv oqizmagan, chunki bu yerda hech qachon ko‘prikning o‘zi bo‘lmagan.

Tasavvur qiling: siz ota-onasiz, uyda yo ishda o‘tiribsiz, farzandingizni o‘qishga kuzatgangiz... tinch-xotirjam o‘tira olasizmi? Hurmatli hokim bova, vazirlikdagi akaxonlar, tasavvur qila olasizmi, a?», — deb yozadi kanal mualliflari.

P.S: Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmati ushbu masalani tuman hokimi Zoir Aliqulov o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring