Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatchilikka qarshi kurashda jabrlangan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi

Jinoyatchilikka qarshi kurashda jabrlangan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi

Hukumatning tegishli qarori bilan 2018-yil 8-yanvardagi «Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida» Vazirlar Mahkamasining 15-son qaroriga huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash tartibiga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur hujjatda asosiy qo‘shimcha 3-1-bob bo‘lib, unda yuqoridagi kabi holatlarda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash nazarda tutiladi.

Unga ko‘ra, fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir va og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da yoxud halok bo‘lganida (vafot etganida) uning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash yuzasidan zarur hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirish huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun bevosita mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lar darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash taklifi bilan hududiy idoralararo komissiyaga, respublika darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar esa — respublika idoralararo komissiyaga murojaat qiladilar.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:

  • fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi;
  • fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida og‘ir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi;
  • fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida halok bo‘lganida (vafot etganida) huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring