Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlik vakili bilan «kalla urishtirgan» sudyaga chora ko‘riladi - Oliy sud

Hokimlik vakili bilan «kalla urishtirgan» sudyaga chora ko‘riladi - Oliy sud

Foto:«Pervo.info»

Bir necha kun burun saytimizda Asaka tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi S. Husanovning «Marhamattekstil» MChJga nisbatan da’vo qo‘zg‘agan bir guruh fermerlarning ishini sayyor sud majlisida ko‘rib chiqish jarayonidagi xatti-harakatlari haqida «Sayyor sudda sudya va hokimlik vakili «kalla urishtirdi»! sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.

Hozirgina qo‘limizga maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining munosabati kelib tushdi. Oliy mahkama matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma’lum qilishcha, maqolada qalamga olingan holatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan. Natijada Oliy sud tomonidan Andijon viloyati Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining raisi S. Husanovni intizomiy javobgarlikka tortish haqida to‘plangan hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonunning 7, 17-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 72-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2017 yil 17 maydagi 8/17-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Reglamenti»ning 84-moddasiga muvofiq, tegishli qaror qabul qilish uchun Sudyalar oliy kengashiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring