Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘lib boradi

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘lib boradi

Prezidentning tegishli farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, E.Turdimov 2024-yil 28-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan va bu jamoatchilikka « boshqa ishga o‘tishi» bilan bog‘liq ekani aytilgan edi.

Sirdaryo viloyatini bunga qadar boshqarib kelgan Akmaljon Mahmudaliyev esa joriy yil 16-yanvarda «hududida investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» lavozimidan ozod etilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring