Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungidek ob-havo sabab ishga kech qolgan xodimlarni jazolash to‘g‘rimi? – huquqshunos

Bugungidek ob-havo sabab ishga kech qolgan xodimlarni jazolash to‘g‘rimi? – huquqshunos

Bugun, 5 dekabr sanasida respublikaning aksariyat hududlarida qalin qor yog‘moqda. Qolaversa, Toshkent shahrida «metan zapravka»lar ham to‘xtab qolgan.

Bu esa transport, ayniqsa, jamoat transporti harakatlarida jiddiy noqulayliklar yuzaga keltirmoqda. Bunday sharoitda ishchi va xizmatchilarning ishxonalariga o‘z vaqtida kelishlarida ham, albatta, muammolar bo‘ladi.

Xo‘sh, bunday ob-havo sharoiti sabab ishga kech qolgan xodimlarni jazolash to‘g‘rimi?

Huquqshunos Saidali Muxtoraliyevning tomonidan bildirilishicha, hozirgidek noqulay ob-havo sabab ishga kech qolgan xodimlarni jazolash to‘g‘ri emas. Bu muammoga u huquqiy jihatdan munosabat bildirgan.

— Ish beruvchi hamda xodimlarni nazorat qiluvchi mutasaddilardan shunday vaziyatlarda amaldagi Mehnat kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan qoidalarni e’tiborga olishlarini so‘raymiz.

Unga ko‘ra, intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Ya’ni, bu yerda intizomiy jazo qo‘llashdan oldin, «shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat» ham hisobga olinishi kerak. Boshqacha aytganda qalin qor yoqqani va noqulay ob-havo sababli transport qatnovida qiyinchilik yuzaga kelganligi uchun ishga kech qolgan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanmaslik kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring