Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov Namanganga bordi

Bosh vazir Abdulla Aripov Namanganga bordi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun – 2019 yil 20 avgust kuni amaliy tashrif bilan Namangan viloyatiga borgan. Bu haqda «Namangan24.uz» sayti Namangan shahar hokimligidagi ishonchli manbasiga tayanib xabar berdi.

Aytilishicha, Hukumat rahbari viloyatimizdagi safari davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan.

Bosh vazir davlatimiz rahbarining tashrifida belgilangan muhim topshiriqlar, istiqbolli loyihalarni hayotga izchillik bilan tadbiq etish yuzasidan Namangan shahrida amalga oshirilayotgan ishlarning borishidan qoniqish hosil qilgan. Hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi farovonligi va bandligini oshirish, tadbirkorlikni yanada quloch yozishga qaratilgan xayrli ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Namangan shahrida ayni kunlarda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ulkan turistik maskan – “Afsonalar vodiysi” xiyoboni, bir qator ko‘p kvartirali turar-joy binolari, kichik erkin iqtisodiy zonalar qurilmoqda.

Yaqin orada esa viloyat markazida taniqli milliarder Alisher Usmonovning ko‘magi bilan kongress zaliga ega, dunyo talablariga javob beradigan 18-qavatli biznes markazini qurish ishlari boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring