Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi etnik o‘zbeklar uchun «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda (video)

Afg‘onistondagi etnik o‘zbeklar uchun «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda (video)

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasida yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 sentyabrida 1 oktyabrigacha bo‘lgan muddatda “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasini amalga oshirishni boshladi.

“Ezgulikka hissangni qo‘sh!” shiori ostida o‘tkazilayotgan aksiyaning asosiy vazifasi Afg‘onistondagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar va afg‘on yoshlarning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Assotsiatsiya vakillari mazkur xizmat safari doirasida Afg‘oniston Islom Respublikasining Hayraton va Mozori Sharif shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi muhojirlar maktabi va G‘ulom Muhammadi Maymanagi nomidagi maktabga tashrif buyurildi va ta’lim olayotgan etnik o‘zbeklarning muammolari o‘rganib chiqildi va “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasini o‘tkazishga kelishib olindi.

Xalqaro xayriya aksiyasi doirasidagi barcha mablag‘lar “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar bilan ishlash markazi” nodavlat notijorat tashkilotining quyidagi maxsus hisob raqamiga (X/r: 2021000400823536002; INN: 207268312; MFO: 00407) yo‘naltiriladi. Shuningdek, xayriya ishlari Click va Payme xizmatlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Kelib tushgan barcha mablag‘lar yoshlar uchun zarur bo‘lgan lotin tilidagi adabiyot namunalari, o‘quv darsliklar va o‘quv qurollari hamda kiyim-kechaklar xarid qilish uchun sarflanadi. Aksiya doirasida kelib tushgan barcha mulklar O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Bosh konsulxonasi yordamida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati orqali Afg‘oniston Islom Respublikasiga jo‘natiladi.

To‘lovni amalga oshirish qoidasi: belgilanga hisob raqamiga #tinchlikuchun xeshtegi ostida xayriya aksiyasi uchun ixtiyoriy yordam puli yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring