Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 oyda 500 nafarga yaqin fuqaro avtohalokat qurboni bo‘lgan – Senat

4 oyda 500 nafarga yaqin fuqaro avtohalokat qurboni bo‘lgan – Senat

Yo‘l harakatini tashkil etishda texnik vositalarning sifati pastligi sabab 2022-yilda O‘zbekistonda 9 902 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan hamda ularda 9 606 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 356 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda 26-may kuni Senatda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi.

2023-yilning 4 oyi davomida esa 2 144 ta yo‘l transport hodisasida 499 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

Senat ta’kidicha, yo‘l harakati qoidalari aholi o‘rtasida hanuzgacha ta’sirchan va samarali targ‘ib qilinmaydi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning bu boradagi madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan materiallar yetarli darajada berilmayapti.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, senatorlar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring