Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi haqida yetti fakt

Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi haqida yetti fakt

Film kadrlaridan lavha.

Foto: «O‘zbekkino» Milliy agentligi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati taniqli rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi haqida yetti faktni taqdim etdi.

Tasvirga olish jarayoni.
  1. Film «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «Fox music cinema» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
  2. Ijodiy guruhda rejissyor Yolqin To‘ychiyev boshchiligida operator Bahodir Yo‘ldoshev, rassom Bektosh Rajabov, kartina direktori Shavkat Rizayev, prodyuser Doniyor Agzamov hamda ikkinchi rejissyor Nodira Zufarovalar ishlagan.
  3. Ushbu kartinada bosh rollarni Bahrom Matchonov hamda Yulduz Rajabova ijro etgan.
  4. Filmda, shuningdek, Marjona O‘jayeva, Elmira Rahimjonova, Anvar Hamroqulov, Sanobar Haqnazarova, Komil Shokirov kabi aktyor va aktrisalarni ko‘rish mumkin.
  5. «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi.
  6. Yurtda yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to‘rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
  7. Kartina Surxon vohasining Boysun tog‘larida tasvirga tushirilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring