Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xazinalar oroli»ni qaysi rejissyor suratga olishi ma’lum qilindi

«Xazinalar oroli»ni qaysi rejissyor suratga olishi ma’lum qilindi

Foto: «Variety»

«Ajdahoni qanday qo‘lga o‘rgatish mumkin» trilogiyasi rejissyori Din Deblua «Xazinalar oroli»ni suratga oladi va prodyuserlik (sheriklikda) qiladi. Bu haqda «Variety» xabar bergan.

Avvalroq Deblua «Hasbro va «Paramount» kinostudiyalari uchun «Mikronavtlar»ni suratga olishi ma’lum bo‘lgandi. Bu filmning taqdimoti 2021-yilga mo‘ljallangan. Endigi taxminlarga ko‘ra, Deblua avvaliga «Universal Pictures» uchun «Xazinalar oroli»ni suratga olib beradi.

«Xazinalar oroli» — yaxshi mavzu, yaxshi asar, ko‘p marta ekranlashtirilgan, eng birinchisi, 1934-yilgisida Berri Uolles va Jeki Kuperlar o‘ynagan.

Yangi talqindagi film ham qiziqarli bo‘lishi kutilyapti, negaki, ssenariynavislardan biri — Evan Spiliotopulos («Sohibjamol va maxluq» ssenariysi mualliflaridan biri).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring