Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Urush ko‘lankasi: Robert Maknamaraning hayotidan o‘n bir saboq»

«Urush ko‘lankasi: Robert Maknamaraning hayotidan o‘n bir saboq»

Foto: «500 Days Of Film»

1962-yildagi Karib inqirozi insoniyatni yo‘qlikka ravona qilishiga bir bahya qolgandi. AQShning o‘sha paytdagi mudofaa vaziri Robert Maknamara undan qanday saboq olganini «Urush ko‘lankasi» (The Fog of War, 2003) filmida hikoya qilgan.

Dushmaningiz kabi o‘ylang

Qaltis vaziyatda Kennedi Xrushchyovdan ikkita xabar oladi. Birinchisi anchayin yumshoq edi: «Agarda Kubaga kirmaslikka kafolat bersangiz, biz raketalarni yig‘ishtirib ketamiz». Ammo ikkinchi xabar o‘ta tahdidli edi: «Agarda siz hujum qilsangiz, biz butun harbiy salohiyatimizni sizga qarshi qo‘yishga shaymiz». Xrushchyovni yaxshi bilgan AQShning Ittifoqdagi sobiq elchisi birinchi yumshoq xabarga javob qaytarishni maslahat beradi. Kennedi, darrov bo‘lmasa-da, ko‘nadi. Xrushchyovga «Men Kubani qutqardim. Men urushni to‘xtatib qoldim» deya jar solish hammasidan muhim edi. Amerikaliklar buni tushunishgandi.

Aql qutqarmaydi

Kennedi, Xrushchyov va Kastro — uchchalasi ham o‘ta aqlli, ratsional fikrlovchi individlar edi. Ammo o‘z xalqlarini yo‘qlikka ravona qilishlariga bir bahya qoldi. Barchamizni tasodif qutqardi. Bu juda katta omad.

Inson tabiatini o‘zgartira olmaysiz

Urush inson tafakkuri chegarasidan ham tashqaridagi murakkab tushuncha. Bizning tushunganlarimizning o‘zi yetarli emas. Axborot yetishmaydi. Odamlarni zarur bo‘lmasa ham o‘ldiramiz va o‘ldiraveramiz. Urushning oldini olish mumkinmi — bunga ishonar darajada sodda emasman. Biz inson tabiatini o‘zgartira olmaymiz.


«Urush ko‘lankasi: Robert Maknamaraning hayotidan o‘n bir saboq» (The Fog of War: Eleven Lessons from the Life of Robert S. McNamara) — rejissyor Errol Morrisning 2003-yilda ekranlarga chiqqan hujjatli filmi. Tanqidchilar yaxshi baholashgan, xususan, «Oskar» mukofoti ham olgan. 2019-yilda AQShdagi Filmlar milliy reyestriga kiritilgan.

Ko‘rishni tavsiya qilamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring