Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyalik baxshi: «Tariximiz bir, uni birgalikda qadrlashimiz lozim»

Turkiyalik baxshi: «Tariximiz bir, uni birgalikda qadrlashimiz lozim»

Foto: «Xabar.uz»

Termizda o‘tayotgan baxshichilik festivali doirasida bugun xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan. Ushbu tadbir oldidan turkiyalik baxshi Oshiq Zeki Erdali ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ko‘rishib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Tariximiz bir, qadriyatlarimiz bir. Turkiyada o‘tgan tadbirlar davomida o‘zbek qardoshlarimiz bilan ko‘p uchrashganman, baxshilar bilan suhbatda bo‘lganman. Mana endi yurtingizda mehmon bo‘lish nasib etdi.

Hammasi juda go‘zal, juda chiroyli. Havas qildim. Nima sababdan shunday tadbirlar Turkiyada ham tashkil etilmasligi kerak? Bu bizning ham tariximiz. Bu yerdagi tashkilotchilik, mehmonnavozlik va butun turkiy xalqlar uchun qadrli bo‘lgan tariximiz qay darajada ulug‘lanayotganini ko‘rdim. Endi mening vazifam, xuddi shu narsani o‘zimizdagi rahbarlarga, madaniyat xodimlariga yetkazish. Shunday qilishimiz kerakki, butun turkiylar uchun umumiy bo‘lgan tariximizni birgalikda qadrlashimiz lozim. Nasib qilsa baxshichilik festivallari Turkiyada ham davom ettiriladi, — deydi Zeki Erdali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring