Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent zilzilasi haqida film suratga olinadi

Toshkent zilzilasi haqida film suratga olinadi

Rossiya va O‘zbekiston vakillari kinematografiya sohasida beshta hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati xabar berdi. 

Xususan, «Mars Media» kino kompaniyasi rahbari Ruben Dishdishyan va «O‘zbekkino» milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov «Toshkent-66» filmining suratga olish jarayonini O‘zbekistonda tashkil etish to‘g‘risida kelishib olishdi. Shuningdek, «Megogo» va «O‘zbekkino» Milliy agentligi o‘rtasida «Xo‘ja Nasriddin» filmini ishlab chiqarish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Rejissor Yusuf Roziqov TASS agentligiga bergan intervyusida, rejissyor va ssenarist Rauf Kubayev bilan «Toshkent-66» filmiga ssenariy yozishni boshlamoqchi ekanliklarini aytdi. Kinokartina drama janrida suratga olinadi.

«Biz yoshligimiz, hatto bolaligimizga bag‘ishlangan filmni suratga olishni xohlaymiz. Toshkentda dahshatli zilzila bo‘lgan paytlar bizning yoshlik paytlarimizga to‘g‘ri kelgan. Biz tabiiy ofat haqida emas, balki sodir bo‘lgan voqealar va hayotimizda qanday o‘zgarishlar bo‘lganini eslash niyatidamiz», deydi Roziqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring