Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda 2400 yillik tarixga ega vanna bor (foto)

Termizda 2400 yillik tarixga ega vanna bor (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Surxon vohasi o‘lkamizning eng qadimiy hududlaridan hisoblanadi. 2002-yil 2-aprelda Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlanishi ham buning bir isbotidir.

Voha tarixini qamrab olgan muzeyning tashkil etilishi tom ma’noda arxeologiya sohasida qo‘yilgan ulkan qadam bo‘ldi. Muzey o‘z faoliyatini 27000ga yaqin eksponat bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 103000ga yaqin eksponatni o‘zida mujassam etgan.

Muzeyda to bronza davridan boshlab XV asrgacha bo‘lgan arxeologik topilmalar saqlanadi. Eramiz avvalidagi ilk sivilizatsiyalardan darak beruvchi manzilgohlardan topilgan ish va mehnat qurollari, tanga pullar, yozuvlar, xum va ko‘zalar, tarixdan so‘zlovchi barcha ashyolardan bor.

Aholining turmush tarzi, iqlimiy holatlarga moslashishi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.

Surxondaryo qadimgi buddaviylarning eng muhim manzilgohlaridan sanalgan. Muzeyda ham aynan shu dinga aloqador bo‘lgan eksponatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Termiz arxeologiya muzeyi tom ma’noda O‘zbekiston tarixining eng ko‘p ashyolarini jamlay olgan respublikamizdagi yagona muzey desa ham bo‘ladi.

2400 yoshli sopol vanna, fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari, 3500 yillik qadahsimon vazalar, Buddaviylik haykallari muzeyning eng noyob topilmalaridan hisoblanadi.

Quyida muzeydagi eksponatlar, qadimgi surxon manzilgohlarining maketlaridan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring