Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suratdagi bosh vazir (go‘dak)ni tanidingizmi? Va yana 12 ta tarixiy foto

Suratdagi bosh vazir (go‘dak)ni tanidingizmi? Va yana 12 ta tarixiy foto

Kanada bosh vaziri Per Elliot Tryudoning qo‘ltig‘ida Kanadaning bo‘lg‘usi bosh vaziri Jastin Tryudo (2015 yil 20 oktyabridan).

Ba’zida birgina fotosurat bitta kitobdan ham ko‘proq tasavvur beradi. Bu suratlar bilan tarix bamisoli tilga kiradi.


«To‘rt ot» rasmi. Eron, XVII-asr boshlari. (Yana ikkita otni topa oldingizmi?)


Somm daryosi bo‘yidagi jang, Fransiya, 1916-yil. Birinchi jahon urushidagi eng katta qirg‘inbarotlardan biri. 1 milliondan ortiq inson o‘ldirilgan yoki jarohat olgan. Suratda o‘sha jangda artilleriya qurollaridan qolgan gilzalar «xirmoni».


Bonni va Klaydning 1934-yil 23-mayida pistirmaga tushgan «Ford V8» mashinasi. Mashinani ilma-teshik qilib tashlagan o‘qlardan qolgan izlar soni 160 tadan ortiq.


Dalay Lama 2 yoshda, 1937-yil.


Yuriy Gagarin muxlisalari qurshovida, 1968-yil. Vaqtlar o‘tib qahramonlar ham, muxlisalar ham o‘zgarmoqda (afsus).


Ular orasida faqat bittasi dunyoni zabt eta oldi. «Coca-Cola»ning eski reklamalaridan biri.

 

 


Millioner Donald Tramp 30 yoshda, Nyu–York, 1976-yil.


Kristian Beyl 1987-yilda Sovet ittifoqi va Shvetsiya hamkorlikda suratga olgan «Mio, bolaginam Mio» filmida (tanidingiz deb umid qilamiz). Bu aktyorning kinodagi birinchi katta roli. Keyinchalik Hollivud yulduziga aylandiki, ortiqcha ta’rif shart emas.


Barak Obama otasi tug‘ilgan qishloqda, 1988-yil.


Lenin haykalining olib tashlanishi, Berlin, 1991-yil.

 


Franko Kolombo, Jan-Klod Van Damm, Ralf Meller va Arnold Shvarsenegger «Universal askar» filmini suratga olish jarayonida, 1991-yil.


Ser Tim Byorners-Li va u yaratgan dunyodagi ilk veb-sayt, 1991-yil.

(Davomi bor)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring