Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shon Bin: «Bas, yetar, endi o‘lmayman»

Shon Bin: «Bas, yetar, endi o‘lmayman»

Foto: «Daily Mail»

«Oltin ko‘z», «Uzuklar hukmdori», «Ekvilibrium» filmlari, qolaversa, «Taxtlar o‘yini» serialidagi rollari bilan mashhur angliyalik aktyor Shon Bin ekranda «o‘lish»dan charchaganini aytdi. Bu haqda «The Sun» yozmoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, Bin o‘z personaji o‘lim topuvchi rollarni rad etmoqda.

«Oxirgi loyihalardan birida prodyuserlar aytib qolishdi: «Biz seni o‘ldirmoqchimiz». Shu zahoti javobini berdim: "E, yo‘q, yigitlar, bunaqasi ketmaydi!».  Keyin ular so‘rashdi: «Unda senga jiddiyroq jarohat yetkazsak bo‘ladimi?». Mana bu boshqa gap, har holda tirik qolamanku», — ta’kidladi aktyor.

Qiziq ma’lumot: Shon Binning ekrandagi qahramonlarini 23 marta o‘ldirishgan. Ularning aksariyatida u yovuz insonlarning obraziga kirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring