Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoir va yozuvchilardan kimlar ijtimoiy tarmoqlarda faol?

Shoir va yozuvchilardan kimlar ijtimoiy tarmoqlarda faol?

Fotokollaj. O‘zbek shoir va yozuvchilarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari.

Foto: «Xabar.uz»

Ko‘plab ziyolilar qatori yurtimiz yozuvchi va shiorlarining aksariyat qismi «Feysbuk» tarmog‘ida o‘z profilini ochgan. Ijtimoiy tarmoqda ular o‘z ijod namunalarini taqdim etish, muxlislar fikrini bilish, boshqa ijodkorlar yangiliklaridan xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Feysbukdagi eng mashhur va faol ijodkorlar bilan tanishing:

Xurshid Davron. O‘zbekiston xalq shoiri o‘z sayt-kutubxonasining havolalarini ulashadi, yangi yosh ijodkorlarni kashf etadi, adabiy-ijodiy qarashlarini bayon qiladi, ochiq-tanqidiy xatlar yozadi, yangilik va suratlar taqdim etadi. Shoirning barcha postlari omma e’tiboriga tushadi va yuzlab izohlar yoziladi. Do‘stlari soni 5000 nafar.

Muhammad Ismoil. Faol ijodkorlardan bo‘lib, doim ijodiy lahzalarni aks ettirgan matn, surat va videolar, uchrashuv, taqdimot va tadbirlardan tezkor postlar ulashib boradi. Postlariga ko‘plab layk bosiladi. Do‘stlari soni 4996 nafar. «Feysbuk»da oirning bundan boshqa yana 3 ta profilini uchratdik, ularni o‘zi ochganmi yoki muxlislarimi, bunisi bizga qorong‘i.

Karim Bahriyev. Xalqimizning sevimli shoirlaridan biri o‘z lentasida ko‘proq mulohazali havolalar va videolar ulashadi, sara she’rlarini berib boradi. Do‘stlari soni 4953 nafar. 

Anvar Obidjon. O‘zbekiston xalq shoirining roziligiga ko‘ra ushbu profil boshqa admin tomonidan yuritiladi. Unda shoirning she’rlari, ijodiy yangiliklari me’yoriy ravishda berib boriladi. Anvar Obidjon bilan bog‘lanish maqsadida xabar yozganlarga vaqtida javob qaytariladi. Do‘stlari soni 4800 nafardan oshiq.

Iqbol Mirzo. Tarmoqda faol shoirlardan, asosan tadbir va uchrashuvlar haqda matn va suratli xabarlar, kitoblar taqdimoti, sara she’rlarini tez tez joylashtirib boradi. Vaqti ziq bo‘lgani bois barcha xabarlarga javob yozmasligi mumkin. Do‘stlari soni 4388 nafar.

Omon Matjon. O‘zbekiston xalq shoiri yurtimizda bo‘layotgan ijodiy o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatini, boshqa ijod ahlining she’rlarini ba’zan berib boradi. Do‘stlari soni 4728 nafar.

Farida Afro‘z. Shoiraning lentasida ko‘proq do‘stlari tomonidan teg qilingan postlarni uchratish mumkin. Ba’zan she’rlari va suratlarini taqdim etadi. Do‘stlari soni 4713 nafar.

Ulug‘bek Hamdam. Tarmoqda faol ijodkorlardan biri, doim ijodiy yangiliklarini baham ko‘radi, postlariga ko‘plab izohlar yoziladi. Xabarlarga xurmat bilan javob qaytaradi. Do‘stlari soni 4646 nafar.

Isajon Sulton. Feysbukdagi ilg‘or yozuvchilardan biri. Barcha ijodiy yangiliklarini, chiqqan kitoblarini, erishgan yutuqlarini, hikoya havolalarini muxlislari bilan doim baham ko‘radi. Xabarlarga javob qaytaradi, yoshlar ijodini kuzatib boradi. Suratga tushish va joylashtirishga unchalik hushi yo‘q. Do‘stlari soni 4582 nafar.

Azim Suyun. Adabiyot darg‘alaridan bo‘lmish shoir profilini o‘z boshqaradi. Barcha xabarlarga o‘z vaqtida, xurmat va e’tibor bilan javob qaytaradi. Asosan she’rlar, ijodiga tegishli video va rasmlar, kitoblar taqdimotiga oid xabarlarni tez-tez joylashtirib turadi. Do‘stlari soni 3914 nafar.

Zulfiya Mo‘minova. Shoira tarmoqda faol, tez-tez o‘zi ishtirokidagi tadbirlardan fotoreportajlar taqdim etadi. Xabarlarga chiroyli tarzda javob qaytaradi. Kitob taqdimotlarini yoritib boradi. Do‘stlari soni 2352 nafar.

Luqmon Bo‘rixon. Tarmoqni kuzatib borsada, yozuvchi o‘zi deyarli post yozmaydi. Xabarlarga javob qaytaradi. Uni ko‘proq teg qilishadi. Do‘stlari soni 2170 nafar.

Anvar Namozov. Yozuvchi, noshir, muharrir, jurnalist, ssenariynavis, hajvchi, dramaturg sifatida tanilgan Anvar Namozov «Feysbuk»ning faol foydalanuvichlaridan biri. Do‘stlari soni 1952 nafar. Shuningdek, u«Feysbuk»dagi «Mashhurlar hayoti», «Eng kulgili rasmlar» va «Kino dunyosi» kabi guruhlarning muallifi hamdir.

Enaxon Siddiqova. O‘zbekiston xalq shoiri tarmoqda onda sonda o‘z ijodiga mansub she’rlarni berib boradi. Shuningdek, vodiydagi ijodiy uchrashuvlar haqda ham xabar qiladi. Do‘stlari soni 900 nafardan oshiq.

Nabi Jaloliddin. Shoir, jurnalist va yozuvchi «Feysbuk»da har oyda 2-4 tadan adabiyot va o‘z ijodiga oid matnlar kiritib boradi. O‘z kitoblari sotiladigan sayt havolalarini ham taqdim etadi. Fotosuratlari yetarlicha. Xabarlarga javob vaqtida beriladi. Do‘stlari soni 500dan oshiq.

Xosiyat Rustamova. Shoira asosan o‘zi ishlaydigan «Kitob dunyosi» gazetasining havolalarini ulashib boradi. She’rlar ham taqdim etadi. Savollarga javob qaytaradi. Do‘stlari soni 420ta.

Abdulla Sher. Shoir va tarjimon o‘z profilida she’rlar, tarjimalar, adabiy qarashlarini bayon etib boradi. Do‘stlari soni 527 nafar.

Mahmud Toir. Ijtimoiy tarmoqda faol emas, do‘stlari soni 250 nafar.

Jamila Ergasheva. Adiba tarmoqda unchalik faol emas, ammo xabarlarga javob qaytaradi. Do‘stlari soni 200 nafardan oshiq.

Abduqayum Yo‘ldoshev. Yozuvchi har kuni tarmoqdagi yangiliklarni kuzatadi. Lekin post yozmaydi. Surat ham joylashtirmaydi. Xabarlarga e’tibor bilan javob qaytaradi. Do‘stlari soni 101 nafar.

Ushbu ro‘yhatdan tashqari «Feysbuk»da yana ko‘plab ijod ahlining profili mavjud. Ayniqsa, yosh ijodkorlar soni yuzdan oshadi. Hozirgi kunda o‘z ijodini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilish ommalashmoqda.


P/S: Hisob-kitoblar 2018 yil 4 yanvar holatiga.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring