Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonanda Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi

Xonanda Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi

Ravshan Yo‘ldoshev va xonanda Shahzoda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi – «Tarona records» studiyasi ta’sischisi Ravshan Yo‘ldoshev bugun, 30-mart kuni vafot etdi. Bu haqda «Qalampir» xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, Yo‘ldoshev yurak xurujidan vafot etgan.

Ravshan Yo‘ldoshev besh farzandning otasi edi. Uning birinchi turmushidan uch qiz va bir o‘g‘li, xonanda Shahzoda bilan turmushidan esa bir o‘g‘li bor edi.

Ma’lum qilinishicha, Ravshan Yo‘ldoshevning to‘ng‘ich farzandi Lola Yo‘ldosheva ayni vaqtda Rossiyada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring