Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva taqdim etgan serial yuzasidan jinoyat ishi ochilgani inkor etildi

Saida Mirziyoyeva taqdim etgan serial yuzasidan jinoyat ishi ochilgani inkor etildi

Foto: https://t.me/SShMirziyoyeva

Joriy yilning 9-oktyabr kuni «Ozodlik» radiosi va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarda «Bosh prokuratura Saida Mirziyoyeva taqdim etgan «Mendirman Jaloliddin» filmi yuzasidan jinoyat ishi ochgan» degan sarlavhali maqola e’lon qilingan, deyiladi «O‘zbekkino» Milliy agentligining rasmiy bayonotida.

«Maqolada keltirilgan jinoyat ishiga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari S.Mirziyoyevaning mutlaqo aloqasi yo‘q bo‘lib, tarqatilgan ma’lumotlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz. Ushbu jinoyat ishi aynan «Mendirman Jaloliddin» filmiga nisbatan ochilgan emas», qayd etadi agentlik axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring