Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva «Ilhom» teatrini himoya qilib chiqdi

Saida Mirziyoyeva «Ilhom» teatrini himoya qilib chiqdi

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi «Ilhom» teatrining yopilishi mumkinligi haqidagi xabarlar keng muhokama qilinmoqda.

Teatrning  telegram kanalida yozilishicha, 7-fevral kuni teatr «Shodlik» mehmonxonasining yangi egasi «OFELOS PLAZA» MJChdan binoni bo‘shatib qo‘yish haqida xat olgan.

Qayd etilishicha, teatr joyi 1976-yilda teatr asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994-yilda xususiylashtirishdan so‘ng u teatrdan beg‘araz asosda foydalangan. «Shodlik» mehmonxonasining avvalgi rahbari bilan 2023- yilgacha ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lgan.

Ofelos Plaza kompaniyasi o‘z xatida 2020-yilda Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi talabi bilan binoni to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishini bildirgan. Bunga shahar markazida joylashgan yoqimsiz ko‘rinishdagi binoning tashqi qiyofasi poytaxtning umumiy manzarasini buzib turgani sabab qilib ko‘rsatgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegramdagi sahifasida «Ilhom» teatrini himoya qilib chiqdi.

«Ilhom» teatri bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men o‘zim teatr san’ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz! «Ilhom» — madaniy hayotimizning faxri!» — deya munosabat bildirgan Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring