Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozoq rejissyori Osiyo «Oskar»ini qo‘lga kiritdi

Qozoq rejissyori Osiyo «Oskar»ini qo‘lga kiritdi

Foto: «Zakon.kz»

Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilgan «Asia Pacific Screen Awards-2019» tantanali taqdirlash marosimida qozog‘istonlik kinorejissyor Adilxan Yerjanov «Qora, qora odam» filmi uchun «Eng yaxshi rejissyor» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Yerjanov — ushbu nominatsiyani qo‘lga kiritgan ilk qozog‘istonlik rejissyor. Uning raqiblari orasida filippinlik Lav Dias, xitoylik Van Syaoshuay, falastinlik Elia Sulaymon va tailandlik Anocha Suvichakornpong kabi taniqli rejissyorlar bor edi.

YuNESKO va FIAPF (Xalqaro kinoprodyuserlar uyushmalari federatsiyasi) shafe’ligida o‘tkaziladigan «Asia Pacific Screen Awards» (APSA) kino sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan sanalib, uni ko‘pincha Osiyo «Oskar»i ham deyishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring