Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xiyobon, tarixiy mahalla, sayilgoh. Qo‘qon hunarmandchilik festivaliga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (foto)

Xiyobon, tarixiy mahalla, sayilgoh. Qo‘qon hunarmandchilik festivaliga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (foto)

Foto: Xabar.uz

Qo‘qonda hayot qaynamoqda. Shahar markazidagi Xudoyorxon o‘rdasida odam gavjum. Atrofda ham. Birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilishiga bir kun qoldi.

Tayyorgarlik jarayoni doirasida oxirgi ishlar amalga oshirilyapti. Masalan, O‘rda ortidagi xiyobonga chiroq o‘tkazish ishlari yakunlanish arafasida. Piyodalar yo‘lkasida hali qiladigan ishlar borligi ko‘rinib turibdi.


Festivalga tashrif buyurganlar va shahar ahli piyoda sayr qilishi uchun sharoit yaratilgan. O‘rdaga olib keluvchi markaziy ko‘chalar yopilgan va piyoda sayr qilinadigan saylgohga aylantirilgan. 



O‘rda hovlisi turli dekoratsiyalar bilan bezatilgan. Ayniqsa, tarixiy o‘zbek mahallalari yaxshi aks ettirilganini alohida ta’kidlash lozim. Bunday dekoratsiyalar festival koloritini chuqurroq his qilish imkonini beradi. 



Jahon hunarmandchilik Kengashining 2019 yilning 23 iyulidagi qaroriga ko‘ra, Qo‘qon shahriga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha Hunarmandchilik shahri maqomi berilgan. Shu kungacha jahonning turli mamlakatlaridagi 35 ta shahar mana shunday maqomga sazovor bo‘lgan. Qo‘qon — MDH davlatlari ichida ushbu ro‘yxatda yagona bo‘lib turibdi.


Festivalda Respublikamizning 153 tumanidan hunarmandchilikning 34 yo‘nalishi bo‘yicha 1 116 nafar hunarmand va 87 nafar tashkilotchilar ishtirok etadi. Festivalda 78 ta davlatdan hunarmandchilikning 29 ta yo‘nalishi bo‘yicha 191 nafar xorijlik hunarmandlar qatnashadi. Shuningdek, faxriy mehmon sifatida 38 nafar yuqori martabali xorijlik davlat arboblari va olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.


Festivalni yoritish maqsadida kelgan jurnalistlar uchun matbuot markazida barcha sharoitlar tayyorlab qo‘yilgan. «Xabar.uz» sayti Birinchi xalqaro hunarmandlar festivalini yoritib borishni rejalashtirgan. Saytimizdan uzoqlashmang...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring