Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshidagi tarixiy-me’moriy majmua hududida bozor ochiladi

Qarshidagi tarixiy-me’moriy majmua hududida bozor ochiladi

2020 yilning birinchi yarmida Qarshi shahridagi Odina tarixiy-me’moriy majmuasi hududida milliy hunarmandchilikning ko‘plab yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy hunarmandlar bozori ochiladi. Bu haqda «Qashqadaryo» gazetasi telegram kanalida xabar tarqaldi.

Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilajak bu zamonaviy bozor o‘ziga xos markaz vazifasini bajarib, u yerda xalq amaliy san’ati ustalarining savdo rastalari bilan bir qatorda milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazma zali va galereyasi ham bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Ayni paytda hunarmandlar bozoriga tashrif buyuradigan mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun folklor-etnografik ansambllarining dasturlarini namoyish etish, milliy qandolatlar va shirinliklar taklif qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring