Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Pugachyovani tabrikladi: «Sizdaqasi kam!»

Putin Pugachyovani tabrikladi: «Sizdaqasi kam!»

Foto: «Kp.kg»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus estradasining tirik afsonasi Alla Pugachyovani yetmish yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari o‘z tabrigida Pugachyova san’atda yuksak marralarni zabt etganini e’tirof ekan, bu bilan rus estradasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgani barobarida hamkasblari ijodiga ham ta’sir ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tdi. «Siz sadoqat va professionalizmda namuna, qo‘shiqchilikning asosiy mezoniga aylangansiz» , deyiladi tabrikda.

Alla Pugachyova repertuarida besh yuzdan ko‘proq qo‘shiqlar bor. Uning yuzdan ziyod musiqiy albomlari 250 million nusxada tarqalgan. Afsonaning qo‘shiqlari Rossiya va sobiq ittifoq hududidan tashqari Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Yaponiya kabi dunyoning ko‘p davlatlarida ham sevib tinglanadi.

Ijodda o‘ta omadli Alla xonimning shaxsiy hayoti ko‘plarga ma’lum. U uch bor turmushga chiqqan, qizi Kristina Orbakayte ham qo‘shiqchi. Uni onasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, biroq shu holida ham ancha mashhur.

Afsona bir necha yil avval o‘zidan 27 yosh (!) kichik mashhur san’atkor Maksim Galkinga turmushga chiqqan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring