Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi

PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi

Foto: «O‘zbekkino» milliy agentligi

27-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida kinofestival direksiyasi vakillari, hakamlar hay’ati va OAV xodimlari ishtirokida asosiy matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu kuni soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda «Scorpion» filmining gala - premerasi o‘tkaziladi.

27-dan 30 noyabrgacha kinofestival doirasida Yoshlar ijod saroyida qisqa metrajli filmlar namoyishi, «Premier Hall» kinoteatrida esa tanlov doirasida to‘liq metrajli filmlar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro kinofestivalning barcha mehmonlari «LOTTE City Hotel Tashkent Palace» mehmonxonasiga joylashtiriladi.

PROlogue - 2018 kinofestivalining yopilishi marosimi 30 noyabr kuni soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda PROlogue kinofestivalida 13 ta davlat, jumladan, AQSh, Koreya, Polsha va boshqa mamlakatlar vakillari o‘z filmlarini namoyish etishadi.

Barcha xohlovchilar qisqa va to‘liq metrajli kartinalar namoyishiga tashrif buyurishlari mumkin. Kirish bepul.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi va O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring