Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident taklifi bilan ochilgan ijod maktabiga direktor tayinlandi

Prezident taklifi bilan ochilgan ijod maktabiga direktor tayinlandi

Foto:«Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Sirdaryo viloyatida Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi tashkil etilgan edi.

Yosh ijodkorlar maskani, iqtidorli yigit-qizlarning sevimli dargohiga aylantirish ko‘zda tutilgan mazkur maktab-internatga atoqli ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Robindranath Tagor xalqaro mukofoti sovrindori Muhammad Ismoil (Muhammad Rahmonqulovich Ismoilov) tayinlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 18-may kuni «Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring