Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Ozodbek Nazarbekov va boshqa mutasaddilarga ko‘rsatma berdi (foto)

Prezident Ozodbek Nazarbekov va boshqa mutasaddilarga ko‘rsatma berdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazini borib ko‘rdi.

Bu markaz binosi 1980 yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, «Turon» davlat harbiy teatri, bichish-tikish korxonasi va bolalar to‘garaklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgan edi.

Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘ngilochar maskan tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib ko‘rdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring