Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov: «Tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman»

Ozodbek Nazarbekov: «Tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman»

Foto: Youtube

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi.

Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov «Madaniyat vazirligining oylik maoshi O‘zbekistondagi eng talabgir, eng qimmat xonandasi bo‘lgan Ozodbek Nazarbekovga yetyaptimi?» mazmunidagi savolga quyidagicha javob bergan:

«Madaniyat vazirligiga maosh uchun bormaganman. Xudoga shukr o‘z davrida yo‘lga qo‘ygan bizneslarim bor. Bugungi kunda oilamni, ro‘zg‘orimni eplab turishga yetadi. Avval kimlargadir moddiy yordam bergan bo‘lsam, bugun o‘zimning kundalik ehtiyojimni qoplayapti. Bundan nolimayman.

Madaniyat vazirligiga moddiy manfaatni ko‘zlab kelmaganman. «Eng talabgir, eng qimmat xonandalardan biri» degan e’tibor bilan qaraydigan bo‘lsak, tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman. Inson iqtisodiy ta’minotiga qarab hayotini shakllantiradi. Hamma ham shunday. Kecha 2 million topayotgan odam ertaga 20 million topa boshlasa, 2 million topayotgan darajada yashamaydi. Shundan kelib chiqib bilish mumkinki, mening ham o‘tgan davrimda moddiy ta’minotimga qarab hayotim shakllangan. Lekin faqat iqtisodiy ta’minlanishning o‘zi go‘zal hayot degani emas.

Men uchun go‘zal hayot boshqa birovning qo‘liga qaram bo‘lib qolmaslik! O‘sha darajaga tushib qolmasam bo‘ldi. Kimgadir qaram bo‘lish yoki kimningdir eshigi tagida sarg‘ayib turish darajasiga bormaslik men uchun go‘zal hayot. Shu narsani har doim o‘zimga eslatib turaman. Iqtisodiy tanglikka kirgan paytlarim o‘zimga o‘zim bir gapni ko‘p takrorlayman: Kecha onadan tug‘ilganimda, egnimda hech nimam yo‘q edi-ku, yana nimasiga nolishim kerak. Ertaga yana shu ahvolda ketsam, nimaga noliyman.

Madaniyat vazirligida ishlayotganim hech qachon iqtisodiy norozichilikka olib kelmaydi. Chunki bu yerda moddiy manfaatdan ko‘ra, ma’naviy manfaat yuqori turadi. Bu yerda menga butun o‘zbek san’ati va madaniyatini ijobiy tomonga o‘zgartirish vakolati berilyapti. Demak, ma’naviy manfaat ko‘rish imkoniyatim bo‘lgandan keyin moddiy manfaat o‘z-o‘zidan orqaga chekinadi», deydi Ozodbek Nazarbekov.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring