Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodbek Nazarbekov: «Dabdabali to‘ylarimizda kimga taqlid qilayapmiz?» (video)

Ozodbek Nazarbekov: «Dabdabali to‘ylarimizda kimga taqlid qilayapmiz?» (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov to‘ylarni qisqartirish, ortiqcha dabdabalardan asrash keng muhokama qilinayotgani, bu borada o‘z takliflarini berayotgani haqida fikrlarini bildirdi.

– Ko‘p millat yashaydigan respublika bo‘lganimiz bois, har bir millatning o‘ziga xos milliy qadriyatlari, o‘zbek millatiga taalluqli bo‘lgan, ammo hududlarga xos udumlari, qadriyatlari mavjud. To‘yning qadriyatlarimizga xosligini saqlab qolish va ularni asrab kelajak avlodlarga aynimagan holda, ya’ni buzmay yetkazish uchun takliflarimizni berdik. Bu to‘ylar azal-azaldan millatimizning o‘ziga xosligi. Bugungi kunda to‘yning ko‘rinishida milliylik qoldimi, degan savol qiynaydi. Milliy qadriyat o‘laroq uning ichidagi qadriyati, ma’naviyati, insonlarni tarbiyaga chorlovchi eski udumlar yo‘qolib borayapti. Ilgarigi to‘ylarda bo‘lgan kelin salom deymizmi, she’rxonlikmi, alyorlar, yor-yorlar aytilishi chekka qishloqlarda ham kamayib ketayotgani ko‘zga tashlanayapti. Bugungi dabdabali to‘ylarimizda ko‘proq kimga taqlid qilayapmiz? Bizning millatimizga mos bo‘layaptimi? Tashqaridan razm solgan kishi buni o‘zbek to‘yi, deb ayta oladimi? Shu masalada biz o‘z takliflarimizni bildirganmiz, – deydi O.Nazarbekov.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari fikrlari bilan quyidagi videoda to‘liq tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring