Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» San’at va madaniyat instituti bilan memorandum imzoladi

«O‘zbekkino» San’at va madaniyat instituti bilan memorandum imzoladi

Foto: «O‘zbekkino»

Bugun «O‘zbekkino» Milliy agentligida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikka oid memorandum imzolandi.

Mazkur uchrashuvda «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan badiiy, hujjatli, multiplikatsion filmlar hamda milliy seriallar, shuningdek, horijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish, suratga olish jarayonlariga O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabalarini jalb qilish, ularni kinematografiya sohasi bilan tanishtirish kabi masalalar bo‘yicha hamkorlikka kelishildi.

Endilikda talabalar kinematografiya sohasiga oid jarayonlar bilan tanishishlari va Agentlik bilan kelishilgan holda tanlov asosida filmlar ishlab chiqarish bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Memorandum yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning yana bir ko‘rinishi bo‘lib, yosh kinoijodkorlarning kelajakdagi faoliyatiga zamin yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring