Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» 2021 yil filmlari uchun kinoloyihalar tanlovini e’lon qiladi

«O‘zbekkino» 2021 yil filmlari uchun kinoloyihalar tanlovini e’lon qiladi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da yosh kinoijodkorlarni yanada qo‘llash, yoshlar o‘rtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangicha g‘oyalar va qarashlarni aks ettirish maqsadida 2021 yilda davlat ijtimoiy granti asosida badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli va yumoristik kinojurnallar, ijtimoiy roliklar hamda teleseriallar tayyorlash bo‘yicha ustuvor mavzular ro‘yxatini taqdim etadi.

Joriy yilda agentlik yosh kinoijodkorlar bilan bog‘liq masalalarga alohida urg‘u bermoqda. «Yangi O‘zbekiston» ustuvor g‘oyasi asosida yoshlar hayoti, orzu va intilishlari, amalga oshirayotgan ishlari va natijalari aks etgan badiiy, hujjatli, qisqa metrajli va multiplikatsion filmlar uchun va hamkorlikda moliyalashtiriladigan kinoloyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Shuningdek, yosh kinoijodkorlar uchun qisqa va to‘liq metrajli filmlar yo‘nalishiga kinoloyihalar va «Zumrasha» bolalar hajviy kinojurnali uchun ham ssenariylar qabul qilinadi.

Kinoloyihalar mavzulari va shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring