Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi qonun qabul qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi qonun qabul qilinishi kutilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasida respublika hududida hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va chet el fuqarolari «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lishi mumkinligi keltirilgan.

Uyushma a’zolariga quyidagi imtiyozlar va proferensiyalar taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda:

  • hunarmandchilik faoliyati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod qilish;
  • yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar – Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lamaslik;
  • shahar va qishloq joylarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan yagona ijtimoiy to‘lovning 50 foizini to‘lash;
  • o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisob raqamidagi chet el vayutasini naqd shaklda olish;
  • davlat mulki ob’yektlari uchun ijara to‘lovini belgilangan eng kam to‘lovning 50 foizi miqdorida to‘lash va boshqalar.

Shuningdek, hunarmandchilik faoliyatiga oid ilmiy-tarixiy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish doirasida ilmiy izlanish olib boruvchi va ta’lim beruvchi mamlakat fuqarolari ham uyushma a’zosiga aylanish imkoniyatiga ega.

Qonun loyihasi muhokamasi joriy oyning 24 sanasiga qadar ochiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring