Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda madaniyat xodimlarining ish haqi miqdori o‘zgardi

O‘zbekistonda madaniyat xodimlarining ish haqi miqdori o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

«Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3189-son, 30.10.2019-y.), deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Unga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilganligi munosabati bilan, mazkur hujjatda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta hisoblab chiqildi va 2019-yil 1-avgustdan ularga ish haqi yangilangan miqdorda to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, quyidagilar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi:

  • teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;
  • muzeylar, muzey qo‘riqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, ko‘rgazma faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar;
  • ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;
  • Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
  • zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring