Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy a’zosiga aylandi

O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy a’zosiga aylandi

«Marche du Film» kinobozorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ochilgan milliy pavilonda bugun Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI) prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ushbu nufuzli xalqaro assotsiatsiyaga a’zo bo‘ldi.

AFCI prezidenti Jess Konoplia Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga a’zolik sertifikatini topshirdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyati hamda kinolokatsiyalari jozibadorligi taqdim qilindi. Bundan tashkari assotsiatsiya bilan istiqbolli hamkorlik xam muhokama qilindi.

AFCIga a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi butun dunyodagi kinokomissiyalar ma’lumotlari bazasiga kiritiladi, jahonning eng yirik prodyuserlari va kinokompaniyalari shu assotsiatsiya orqali O‘zbekistonni suratga olish uchun manzil sifatida kashf qiladi.

Undan tashqari, mahalliy kinomutaxassislar o‘z tajribalarini oshirishlari uchun xorijiy konferensiya va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilinishadi.

Ma’lumot uchun, shtab kvartirasi AQShning Los Anjeles shahrida joylashgan Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI)ga dunyodagi 300 dan ortiq kinokomissiyalar a’zo bo‘lgan. Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib AFCIga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hammuassisligida tashkil qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring