Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oskar-2020 g‘oliblari: Kutilgan va kutilmagan natijalar

Oskar-2020 g‘oliblari: Kutilgan va kutilmagan natijalar

Foto: «tvc.ru»

Los-Anjelesda «Oskar» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi filmlar sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi film  — «Parazitlar»/Parasite. Bu «Oskar»ning eng asosiy mukofotini qo‘lga kiritgan ingliz tilida bo‘lmagan ilk xorijiy filmdir.

Eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger («Judi»/Judy filmi). Rene Zellveger o‘zining ikkinchi «Oskar»ini qo‘lga kiritdi. Ushbu nufuzli mukofotga u 16 yil avval ham sazovor bo‘lgandi.

Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks («Joker»/Joker filmi). Taniqli aktyor uchun bu birinchi «Oskar».

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Lora Dern («Nikoh tarixi»/Marriage Story)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Bred Pitt («Gollivudda bir kun»/ Once Upon A Time in Hollywood). E’tiborlisi, Bred Pitt aktyor sifatida birinchi bor «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi

Eng yaxshi rejissyor — Pon Jun Xo («Parazitlar»/Parasite filmi)

Eng yaxshi saundtreyk — (I’m gonna) Love Me Again. Elton Jon musiqasi, Berni Topin so‘zi. («Roketmen»/Rocketman filmi uchun)

Film uchun eng yaxshi musiqa — Xildur Gudnadouttir («Joker»/Joker)

Xorijiy tildagi eng yaxshi film — «Parazitlar»/Parasite

Eng yaxshi grimm — «Mashmasha»/Bombshell

Eng yaxshi vizual effektlar — «1917»/1917

Eng yaxshi montaj – «Ford Ferrarriga qarshi»/Ford vs Ferrari

Eng yaxshi operatorlik ishi — «1917»/1917

Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film — «Amerika fabrikasi»/American Factory

Eng yaxshi ssenariy — «Parazitlar»/Parasite

Eng yaxshi animatsion film – «O‘yinchoqlar tarixi 4»/Toy Story 4.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring