Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oskar»ni olishga nomzodlar nomi ma’lum qilindi

«Oskar»ni olishga nomzodlar nomi ma’lum qilindi

Foto: «Seldon News»

AQShda bukmekerlar 2020-yilda eng yaxshi erkak roli uchun «Oskar» mukofotini olishga da’vogar nomzodlar nomini ma’lum qildi.

Ayni paytda aktyorlar orasidan «Joker» kinokomiksida suratga tushgan Hoakin Feniks yetakchilik qilmoqda. Bukmekerlar ma’lumotiga ko‘ra, uning koeffitsiyenti 9/4 ga teng. Shuningdek, ro‘yxatga Tom Henks («Qo‘shnilar bilan ajoyib kun», 3/1), Teron Ejerton («Roketmen», 7/2) va Antonio Banderas («Alam va sharaf», 7/2) ham kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Joker» filmini rejissyor Todd Fillips suratga olgan bo‘lib, kartina kinoteatr ekranlariga 2019-yilning oktyabr oyida chiqadi. Unda yana Zazi Bits, Robert De Niro, Mark Meron, Frensis Konroy, Brett Kallen singari aktyorlar ham suratga tushishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring