Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rdadagi festival. Bayramni siz ham tomosha qiling (foto)

O‘rdadagi festival. Bayramni siz ham tomosha qiling (foto)

Foto: Xabar.uz

Bugun Qo‘qondagi birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ammo qo‘qonliklar va shahar mehmonlari uchun bayram allaqachon boshlanib ketgan.

Kecha kun davomida Qo‘qon shahri markazidagi Xudoyorxon o‘rdasidan odam uzilmadi. Hatto tungi soat 23.00da ham xiyobonda sayr qilib yurganlarni ko‘rish mumkin edi.

Tashkilotchilarga tasanno, ochilish marosimi uchun olib borilayotgan repetitsiya jarayonini xalq bemalol kuzatishiga sharoit yaratib berishdi. Istagan odam ijodkorlar ishini kuzatishi mumkin. Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Biz ham birrov nazar tashladik.


Hunarmandlarning ishini kuzatish esa undan ham yoqimli. Bu yerda istagan hunarmandning ishini nafaqat kuzatishingiz, balki istagan savolingizni berishingiz mumkin.

Sayr qilayotganlar orasida 3-4 yoshli bolakaylar ham, nuroniy otaxon va onaxonlar ham bor. Chaqalog‘ini ko‘tarib olgan yosh oilalarni ham uchratasiz. «Zo‘r joy bo‘libdi», — bunday gapni sayr qilib, turli dekoratsiyalar fonida selfi tushib yurgan odamlar og‘zidan ko‘p eshitasiz.

Xabar.uz sayti festivalni kuzatishda davom etmoqda. Siz ham ko‘ring, bayramni tomosha qiling...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring