Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandan so‘ng Buxoroda gullar bayrami bo‘lib o‘tdi

Namangandan so‘ng Buxoroda gullar bayrami bo‘lib o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoroda yoshlar majmuasi maydonida Gullar bayrami sayli tashkil etildi. Bu haqda maxsus muxbirimiz xabar berib o‘tdi.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosarining xabar berishicha, 8 gektar maydonda 130 ta korxona va tashkilot tomonidan qariyb 1millionga yaqin 40 turdan ziyod gullar 120 ta turli element va dekoratsiyalar bilan bezatilgan.

Samarqand, Toshkent hamda Namangan viloyatidan kelgan tadbirkor gulchilar o‘z tajribalarini almashib, gullar sayli jozibasini oshirishga hissa qo‘shishdi.

— Ko‘pincha qulog‘imizga vodiyda qo‘ligul tajribali gulchi bog‘bonlar, bobodehqonlar bor, ularning zahmati bilan Namanganu Farg‘ona, Andijon gullar bo‘stoniga aylangan, degan gaplar chalinadi. Yo‘q, chinakam bobodehqon buxoroliklardir, deyman, hech ikkilanmay. Zero, vodiyning tuprog‘iga bir novda suqsangiz ham o‘zi ko‘karadi, chunki tuprog‘i nam, ozuqaga boy, tabiatan shunday yaralgan. Buxoroliklar esa peshona teri evaziga sho‘r tuproqqa, to‘g‘rirog‘i, tuz ustida bo‘ston yaratishadi. Bunga qoyil qolsa arziydi, — deydi namanganlik tadbirkor gulchi Mirvosit aka Jumanazarev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida gullar bayram bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring