Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

80 ta qabr: Misrda fir’avnlargacha bo‘lgan tamaddun izlari topildi (foto)

80 ta qabr: Misrda fir’avnlargacha bo‘lgan tamaddun izlari topildi (foto)

Foto: «Egypt Independent»

Koam al-Xiljan tumanidagi qazishmalar chog‘i misrlik arxeologlar miloddan avvalgi to‘rt minginchi yillarning dastlabki yarmiga mansub 80 ta qabrni topishdi. Bu haqda «Egypt Independent» nashriga asoslanib «Golos.ua» xabar berdi.

Bu qabrlar Misrda fir’avnlargacha mavjud bo‘lgan Buto sivilizatsiyasi davriga manubligi aniqlandi.

Foto: «Egypt Independent»

Qabrlar oval shaklida bo‘lib, marhumlar yonboshlab yotqizilgan yoki cho‘kkalab o‘tirgan holatda ko‘milganki, bu aksariyat dafn marosimlaridan tafovut qiladi. Qabrlarda an’anaviy dafn anjomlari, xususan, sopol ko‘zalar va chig‘anoqlar topilgan. Ularning yonlarida esa binolarning poydevorlari hamda o‘choqlar qoldiqlari saqlanib qolgan. Qolaversa, arxeologlar ko‘hna davrga mansub tumor va yarim qimmatbaho toshlar bilan bezalgan taqinchoqlarni ham topishdi.

Foto: «Egypt Independent»

Olimlar uchta qabrni Nakada III sulolasigacha bo‘lgan davr qoldiqlari sifatida tasniflashdi. Ushbu xalq Misrda miloddan avvalgi 3200-3000-yillarda, ya’ni ilk fir’avn taxtga o‘tirishidan 500 yil burun umrguzaronlik qilgan. Quyi va Yuqori Misr yagona fir’avn qo‘l ostida miloddan avvalgi taxminan 2686-yilda birlashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring