Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy rassomlik va dizayn institutida Navro‘z bayrami nishonlandi (foto)

Milliy rassomlik va dizayn institutida Navro‘z bayrami nishonlandi (foto)

Foto: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «Xush kelding, bahorim, xush kelding Navro‘z!»  nomli bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, katta shodiyona bilan nishonlandi.

Ushbu ulug‘ ayyom uchun ko‘rilgan bayramona tayyorgarlik o‘ziga xos ajib tarovat kasb etdi. Institut hududida san’at asarlari mujassam etgan ko‘rgazma tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari karnay-surnay sadolari ostida qarshilandi.

Foto: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti

Institut matbuot xizmatiga ko‘ra, tadbir davomida «Navro‘z»  munosabati bilan institutning badiiy ta’limga qo‘shgan hissasi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator professor – o‘qituvchilar va xodimlar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Tadbir davomida bir qator san’at ustalari o‘zlarining diltortar kuy navolari hamda dildagi tabriklari bilan barcha bayram qatnashchilarini va tashrif byurgan mehmonlarni xushnud etdilar.

Foto: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti

Kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi. Institutning Dizayn fakulteti talaba qizlari o‘zlarining milliy va zamonaviy liboslar kolleksiyalarini namoyish etib, bayram shukuhiga alohida ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring