Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MDHga a’zo davlatlarning madaniy hamkorligi

MDHga a’zo davlatlarning madaniy hamkorligi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 27-28 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ko‘plab masalalar ilgari surilgan edi.

Shulardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B. Sayfullayev joriy yilning 18-19 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ga a’zo davlatlarning madaniy hamkorlik bo‘yicha Kengashining XXXIV yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishning kun tartibidan «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar madaniy merosining virtual muzeyini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining taklifi»ni ko‘rib chiqish masalasi o‘rin olgan.

Shuningdek, yig‘ilishda MDH davlatlarining teatr, kino, xalqaro ko‘rgazmalar, o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar borasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring