Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kinematografiya tarixida eng ko‘p pul ishlagan multfilm e’lon qilindi

Kinematografiya tarixida eng ko‘p pul ishlagan multfilm e’lon qilindi

Foto: «YouTube»

«RIA Novosti» xabar berishicha, Uolt Disney kinostudiyasining «Sovuq yurak 2» multfilmi jahon kinematografiyasi tarixidagi eng ko‘p pul ishlagan multfilmga aylandi.

«Sovuq yurak 2» kassa yig‘imlaridan to‘plagan mablag‘ 1,325 milliard dollardan oshdi, deyiladi «Boxofficemojo» portali xabarida.

Shu paytgacha ushbu reytingda to‘liq metrajli «Super oila 2» (1,243 mlrd. dollar) va «Sovuq yurak» (1,281 mlrd. dollar) animatsion filmlari yetakchi edi.

«Sovuq yurak 2» Uolt Disneyning 2019-yilda 1 milliard dollardan ko‘p pul tushirgan oltinchi loyihasi bo‘ldi. Eng ko‘p daromad xorijdagi namoyishlardan tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring